Hush kelibsiz hurmatli: Mehmon

Institut tarixi

        Sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti 1964-yil 25-aprelda Sirdaryo viloyati markazi Guliston shahrida tashkil topgan.

        Institutga dastlab I.Qurbonov boshchilik qilgan. Bu davrda ilm dargohida tajribali, bilimdon o’z sohasining yetuk mutaxassislari ishga qabul qilingan. Keyingi yillarda institutga (1964-1970 yillar) H.Doniyorov, (1971-1972 yillar) R.Zikrillayev, (1972 yildan 1974 yilgacha) tarix fanlar nomzodi, dotsent T.Javlonov, (1974-1983 yillar) F.Nurmuhammedov, (1983-1984 yillar) B.Qoraboyev, (1984-1986 yillar) B.Ortiqboyev, O.Akmambetova, (1993-2001 yillar) E.Kuybishev rahbarlik qilganlar.

        2001-2003 yil filologiya fanlar nomzodi H.E.Yodgorov, 2003-2004 yillar X.M.Mamatqulov, 2005-2011 yillarda fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent K.Eshquvatov, 2011-2015 yillarda institutga biologiya fanlari doktori, professor A.Pazilov rahbarlik qildi.

        Hozirgi kunda Sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutini pedagogika fanlar nomzodi, professor Xolmatov Pardaboy Qoraboyevich boshqarmoqda.

        Ish boshlagan dastlabki kunlardanoq ishni ilmiy asosda tashkil etishga, o’z faoliyatini professor-o’qituvchilarining ilmiy salohiyatini ko’tarishga qaratib kelmoqda. Natijada ilmiy salohiyat 16% dan 35 % ga ko’tarildi. Yosh o’qituvchilar ilmga jalb etilib, ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug`ullanishiga sharoit yaratish masalasiga alohida e’tibor berilmoqda.

        Hozirgi kunda institutda 6 ta kafedra:

  1. “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi
  2. “Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti” kafedrasi
  3. “Maktabgacha, boshlang`ich va maxsus ta’lim” kafedrasi
  4. “Til va adabiyot ta’limi” kafedrasi
  5. “Tabiiy va aniq fanlar ta’limi” kafedrasi
  6. “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim” kafedrasi

        6 ta bo`lim:

  1. O`quv jarayonini tashkil etish bo`limi
  2. Masofadan o`qitish hudidiy muvofiqlashtirish markazi
  3. Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim jarayonini monitoring qilish va sifatini baholash bo`limi
  4. Ilg`or pedagogik texnologiyalarni va tajribalarni joriy etish bo`limi
  5. Axborot resurs markazi
  6. Xo`jalik bo`limi faoliyat yuritmoqda.

Ilmiy salohiyat

        Hozirgi kunda institutda 42 nafar professor-o’qituvchi faoliyat yurityapti. 40 nafari asosiy shtatda, 2 nafari o’rindoshlik asosida ishlamoqda. Asosiy shtatdagilarning 2 nafarini fan doktori, professor, 12 nafarini fan nomzodi, dotsentlar hamda 26 nafarini ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo’lmagan katta o’qituvchilar, o’qituvchilar tashkil etadi.