Konferensiya
KONFERENSIYA 07.11.2024 TO'PLAM
Ushbu konferensiya toʻplamida Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga
oʻrgatish milliy markazi tomonidan tashkil etilgan – “Raqamli ta’lim muhitida fanlararo
integratsiyani qoʻllashning ta’lim samaradorligiga ta’siri: xalqaro tajribalar va rivojlanish
istiqbollari ” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumaniga kelib tushgan tezis va maqolalar oʻrin
olgan. Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish,
ularning malakasini oshirish, raqamli texnologiyalarni qoʻllagan holda taʼlim samaradorligini
oshirishga doir xalqaro va mahalliy ilmiy tadqiqotlarni toʻplash, tajribalarni oʻrganish, aniqlash,
ta’lim samaradorligini ta’minlashda life-long learning – hayot davomida oʻqish tamoyilining oʻrni,
oʻqitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari
faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, ta’lim bosqichlari uzviyligini ta’minlashda
masofaviy ta’lim sifatini tubdan oshirish va takomillashtirishga oid xorijiy tajribalar boʻyicha
toʻplangan materiallar joy olgan.