SirdaryoMOI

Aniq va tabiiy fanlar bo’limi

Aniq va tabiiy fanlar metodikasi

Nizamov Akmal Shoxobiddinovich

Nizamov Akmal Shoxobiddinovich

Kafedra mudiri
1987 yil 1-noyabr kuni Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida tug‘ilgan. 2010-yil Guliston Davlat Universitetini (kunduzgi) tamomlagan. 2022-yil Guliston Davlat Universitetida “Ta’limda axborot texnologiyalari” yo‘nalishi bo‘yicha Magistr darajasini olgan. 2023-yil 16-oktabrdan h.v. Siradryo viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi hozirga qadar kafedra mudiri vazifalarini bajaruvchi lavozimida ishlab kelmoqda
Eshquvatov Kozim

Eshquvatov Kozim

Katta o‘qituvchi
1950-yil 9-may kuni Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan.
1975-yili Sirdaryo davlat Pedagogika universitetini “Matematika” mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.
1991 yil fizika-matematika fanlari bo`yicha ilmiy ishini himoya qilgan. O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi a’lochisi.
2005-2011 yillarda Sirdaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Insituti rektori,
2011-2022 yilgacha “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi dotsenti
Bekmatova Umida Toshqulovna

Bekmatova Umida Toshqulovna

Katta o‘qituvchi
2015- y. - Sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Ilg’or pedagogik texnologiyalarni va tajribalarni joriy etish” bo‘limi boshlig’i
2016 -y.y. - Sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Tabiiy va aniq fanlar ta’limi” kafedrasi biologiya fani katta o‘qituvchisi
2019 -y.va.x.v - Sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi biologiya fani katta o‘qituvchisi

Kafedrada professor-o‘qituvchilari quyidagi fanlar bo‘yicha tinglovchilarga yangi metodikalardan sifatli dars o‘tib kelmoqda.

  1. Matematika fani o‘qituvchilari
  2. Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari
  3. Fizika fani o‘qituvchilari
  4. Biologiya fani o‘qituvchilari
  5. Kimyo fani o‘qituvchilari
  6. AKT va media savodxonlik fani o‘qituvchilari

Kafedra professor-o‘qituvchilari har bir fan yo‘nalishlari bo‘yicha tinglovchilardagi bo‘shliqlarni aniqlagan holda o‘quv-uslubiy majmualar,  metodik qo‘llanmalar, uslubiy tavsiyalar, elektron darsliklar, metodik ko‘rgazmali qurollar, didaktik hamda tarqatma matriallar tayyorlab uzluksiz metodik xizmatni yo‘lga qo‘ymoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari ta’lim turlaridagi izchillik va uzluksizlikni ta’minlash, fan yangiliklari, o‘qitishning samarali metodlari hamda vositalarini dars jarayonida tatbiq etmoqda.

Jumladan, elektron taqdimotlar tayyorlash, elektron darsliklar bilan ishlash, virtual laboratoriyalardan, internet resurslaridan samarali foydalanish,  animatsiyalar, interaktiv va interfaol doskalar bilan ishlash yo‘lga qo‘yilgan.

Kafedra mudiri: A.Nizamov katta o‘qituvchi

Katta o‘qituvchilar: K.Eshquvatov fizika-matematika fanlari nomzodi, U.Bekmatova, J. Ximmatova

O‘qituvchilar: D.Jonibekov

Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi


Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi yangi veb sayti


This will close in 0 seconds