SirdaryoMOI

BOSHLANG`ICH VA MAXSUS TA’LIM METODIKALARI KAFEDRASI

MAKTABGACHA, BOSHLANG‘ICH VA MAXSUS TA’LIM METODIKALARI KAFEDRASI

Atayeva Baxrinisa Abduvaxidovna

Atayeva Baxrinisa Abduvaxidovna

Kafedra mudiri
1968 yil 6 oktabr kuni Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug‘ilgan.
1990 yil, Toshkent davlat pedagogika institutini boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.
1997 yil 17 iyundan boshlab metodist, bo‘lim boshlig‘i, kafedra katta o‘qituvchisi va hozirgi vaqtda Sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi vazifasida ishlab kelmoqda.
Kulaxmetova Mavluda Pulatovna

Kulaxmetova Mavluda Pulatovna

Katta o‘qituvchi
1969 yil 4 mart kuni Qozog‘iston Respublikasi, Chimkent viloyati, Turkiston tumanida tug‘ilgan.
1990 yil, Sirdaryo Davlat pedagogika institutini boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.
2018 yil 4 yanvardan hozirgi vaqtgacha Sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Boychayeva Sharifa Saidkulovna

Boychayeva Sharifa Saidkulovna

Katta o‘qituvchi
1971 yil 8 oktyabr kuni Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug‘ilgan.
1993 yil, Guliston davlat universitetini boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.
2018 yil 4 yanvardan hozirgi vaqtgacha Sirdaryo viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Kafedra mudiri v.v.b:  Atayeva Baxrinisa Abduvaxidovna

Telefon: +998(97) 245-68-06

E-mail: bahrinisa.atayeva68@gmail.com

Kafedra dastlab 1996 yidan “Pedagogika, psixologiya va maktabgacha ta’lim”  nomi bilan tashkil topgan bo‘lib, 1996-2001-yillarda Karimov Rayim Habibovich, 2001-2007-yilllarda Jonibekov Abdusalom Jonibekovich, 2008-2010-yilllarda Begmatova Umida Toshqulovna, 2010-yil Kulaxmetova Mavluda Po‘latovna, 2011-2017-yillarda Jonibekov Abdusalom Jonibekovich, 2018- 2021 yillarda Berdaliyeva Gulasal Abduqunduzovnalar rahbarlik qilgan.

2021-yil 1 noyabrdan  hozirgi vaqtgacha Atayeva Baxrinisa Abduvaxidovna kafedra mudiri vazifasini vaqtincha bajarib kelmoqda.

 Kafedra 2010 yil 26 avgustdan “Maktabgacha, boshlang‘ich ta’lim kafedrasi” sifatida, 2018 yil 4 yanvardan Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi nomi bilan tashkil etildi. Kafedrada 2022 yildan boshlab boshlang‘ich ta’lim, musiqa madaniyati, tasviriy san’at o‘qituvchilarining 36 soatlik  malaka oshirish kurslari tashkil etilib borilmoqda.

Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedra professor-o‘qituvchilari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga “Boshlang‘ich ta’lim fanidagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari” va “O‘quvchilar kompetentsiyalarini baholash usullari va vositalari” hamda barcha fan yo‘nalishlarida “Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari”  o‘quv modullari bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini olib boradi.

2022 yil yanvardan  boshlab, kafedrada – 4 nafar professoro‘qituvchilar (B.Atayeva kafedra mudiri v.v.b, katta o‘qituvchilar M.Kulaxmetova, Sh.Boychayeva, N.Mamatqulovalar) faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Hozirgi kunda kafedraga B.Atayeva rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra ilmiy salohiyati 33,3% tashkil etadi.

Kafedra professor – o‘qituvchilari tomonidan 2020-2022 yillar davomida 1 ta darslik, 35 ta metodik tavsiya, 100 ta ortiq ilmiy– metodik maqolalar chop etilgan.