SirdaryoMOI

Pedagogika va psixologiya kafedrasi

Кафедра педагогики и психологии, образовательных технологий

Shirinov Otabek Tuvalovich

Shirinov Otabek Tuvalovich

Kafedra mudiri
Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumanida 1985-yil 07-noyabrda. tug`ilgan.
2005-yil, O’zbekiston Milliy universiteti (bakalavr) yo`nalishini,
2007-yil, O’zbekiston Milliy universiteti (magistr) yo`nalishini tomomlagan.
2014-yildan Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi katta o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Abduraimov Ikromjon Ravshanbekovich

Abduraimov Ikromjon Ravshanbekovich

Katta o'qituvchi
Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida 1973-yil 27-noyabrda tug`ilgan.
1996-yil, Guliston davlat universiteti (kunduzgi) mutaxassisligi Tarix, jamiyatshunoslik, davlat va huquq asoslari fani o`qituvchisi
2006-Sirdaryo viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti “Ijtimoiy fanlar va ma’naviyat asoslari” kafedrasi katta o’qituvchisi,
2011-2012-yillar – “Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha” prorektor, 2017-yildan kafedrada mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Abdumannon Eshmurotov

Abdumannon Eshmurotov

Katta o'qituvchi
Toshkent viloyati, Bekobod tumanida 1952-yil 28-yanvarda tug`ilgan.
1972-yil, Sirdaryo davlat pedagogika instituti (kunduzgi) mutaxassisligi matematika o’qituvchisi
2005-2016- yillarda Sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti o’quv-metodik ishlar bo’yicha prorektori,
2016-2017-yillarda pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti” kafedra mudiri, xozirda kafedra dotsenti vazifasida ishlab kelmoqda.
Yunusmetova Nasiba Satimbekovna

Yunusmetova Nasiba Satimbekovna

Pedagogika va psixologiya katta o’qituvchisi
Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida 1973-yil 30-mayda tug`ilgan
1996-yil, Guliston davlat universiteti (kunduzgi) mutaxassisligi Tarix, jamiyatshunoslik, davlat va huquq asoslari fani o`qituvchisi
2001-yil Sirdaryo viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o’quv bo’limi metodisti,
2003- yillarda Marketing xizmati va tashqi aloqalar bo’limi boshlig’i,
2008-yillarda Ijtimoiy fanlar va manaviyt asoslari kafedrasi katta o’qituvchisi,
2012-yildan Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi katta o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Kafedra mudiri Shirinov Otabek Tuvalovich

Telefon: +998(99) 462 33 02

Электронная почта: ikromabduraimov@gmail

Kafedra dastlab 2010 yildan “Pedagogika, psixologiya va ta’lim menjmenti” nomi bilan tashkil topgan bo‘lib, 2010-2012-yillarda Ilmira Karimova, 2012-2015- yillarda Abduraimov Ikromjon Ravshanbekovich, 2015-2017- yillarda Abdumannon Eshmurodov, 2017-yildan Abduraimov Ikromjon rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra 2010-yil 26-avgustdan “Pedagogika, psixologiya va ta’lim menjmenti”  nomi bilan tashkil topgan, 2018- yil 4-yanvardan Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi nomi bilan tashkil etildi.

Kafedra 2021-yil 25-yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ – 4963-son Qarorlari, shuningdek,   Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz  kasbiy  rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 25-sonli qarori, 2022-yil 20-yanvardagi 18-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida hamda pedagog kadrlarning malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tadbiq etish yo‘li bilan xalq ta’limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, Maktab amaliyotchi psixologlarining 30 soatlik  malaka oshirish kurslari tashkil etilib borilmoqda.

Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan quyidagi kurslar qamrab olingan.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari kursiga  quyidagi modullar asosida

  1. Ta’limda boshqaruv
  2. Boshqaruvda o‘quv ishlarni tashkil etish masalalar
  3. Boshqaruv mas’uliyat va moslashuvchanlik
  4. Kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish
  5. O‘zini-o‘zi rivojlantirish, uzluksiz kasbiy rivojlanish

Maktab amaliyotchi psixologlari kursiga  quydagi modullar asosida

  1. Maktab amaliyotchi psixologining kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish
  2. O‘zini-o‘zi rivojlantirish va uzluksiz kasbiy rivojlanish masalalari
  3. Maktab amaliyotchi psixologining mas’uliyati va moslashuvchanligi
  4. Maktab amaliyotchi psixologining mas’uliyati va moslashuvchanligi
  5. Maktab amaliyotchi psixologlari faoliyatidagi dolzarb masalalar

Kafedraning ilmiy salohiyati. Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi professor-o`qituvchilarining 2 nafari pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, 2 nafari katta o`qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Kafedra ilmiy salohiyati 40% tashkil etadi.

Kafedraning  bosh ilmiy mavzusi: «Xalq ta’limi rahbar xodimlari va pedagoglarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish orqali ta’limini yangi mazmuni va texnologiyasini yaratish»

Kafedraning fanlar yo`nalishlari bo`yicha tashkil etilgan faoliyati va yangiliklari. 2022-yil 4-5-yanvar kuni A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti va Sirdaryo viloyati XTXQTMOHM hamkorligida qishki ta’til kunlari “Davlat va huquq asoslari” fanidan tashkil etilgan onlayn dars mashg’ulotlari.

Kelgusidagi reja va takliflar:

– Viloyat XTB metodika markazi metodistlari bilan xamkorlik ishlarini kuchaytirish.

– Umum ta`lim maktablarida metodbirlashmalar faoliyatni yanada rivojlantirish uchun amaliy metodik yordamlar ko`rsatish.

– Maktab amaliyotchi psixologlari bilan seminar treninglar tashkil etish.

Viloyat hokimligi, XTB hamda Pedagogika markazi hamkorligini yo`lga qoyish.

Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi


Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi yangi veb sayti


Он будет закрыт в 0 секунд