O нас |
Sirdaryo viloyati pedagoglarni malakasini oshirish instituti ilk bor 1964-yil 25-aprelda Guliston shahrida tashkil etilgan. Ta’lim dargohining birinchi direktori I.Qurbonov tomonidan institutni bilimdon, yetuk mutaxassislar bilan ta’minlash, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, metodik mahsulotlar bilan viloyat ta’lim muassasalarini ta’minlash ishlarini samarali tarzda tashkil qilindi.
1996-yilda bo‘limlar tizimidan kafedra tizimiga o‘tilib, Ijtimoiy fanlar va ma’naviyat asoslari hamda Pedagogika-psixologiya kafedralari tashkil qilindi.
Sirdaryo viloyati pedagogik xodimlarni malakasini oshirish institutiga 2001-yildan boshlab Sirdaryo viloyati pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti maqomi berildi va to‘liq kafedra tizimiga o‘tildi. Institutda oldingi 2 kafedra va bo‘limlar negizida 5 ta kafedra hamda 5 ta bo‘lim tashkil etildi.
2006-yildan boshlab, ilk bor “Ilm nuri” nomli ilmiy-metodik majmua, “Mahorat ko‘zgusi” nomli ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-metodik gazeta chop etilishi yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 27-sentabrdagi PQ-3289-sonli qarori bilan muassasa Oliy ta’lim tizimiga o‘tkazildi hamda Guliston davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi deb qayta nomlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi PQ–3931-sonli qaroriga ko‘ra oliy ta’lim muassasalari huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hududiy markazlar Xalq ta’limi vazirligining idoraviy bo‘ysunuviga qayta o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qarori bilan markaz Sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markaziga aylantirildi.
Указом Президента Республики Узбекистан «Об утверждении Национальной программы развития народного образования на 2022-2026 годы» от 11 мая 2022 года №ПФ-134 Сырдарьинская область реорганизована в национальный центр подготовки кадров. педагогов в новых методологиях.
Natijada 144 soatlik davriylikka asoslangan malaka oshirish tizimi o‘rnida zamonaviy ta’lim berishga qaratilgan 36 soatlik uzluksiz malaka oshirish kurslari tashkil etilib, pedagoglar o‘z kasbiy faoliyatiga doir bilim va innovatsiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalardan samarali foydalanish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng tadbiq etish darajasini oshirish hisobiga ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishi samarali yo‘lga qo‘yildi.
Ayni vaqtda pedagogika markazi ixtiyorida 14 ta o‘quv xonasi, STEAM laboratoriya xonasi, 36 o‘rinli tinglovchilar turar joyi, sport zali va sport maydoni, axborot-resurs markazi mavjud.
Hozirda markazning ilmiy salohiyati 34 foizni tashkil etadi. O‘tgan davr davomida Markaz ilmiy salohiyatini kuchaytirish, jamoada ishchanlik va ijodiy muhitni qaror toptirish, tinglovchilarning pedagogik mahoratini oshirish maqsadida mustaqil ijodiy va ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil qilish, mehnat intizomi va shaxsiy mas’uliyatni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.