TILLARNI O‘QITISH METODIKASI KEFEDRASI
Uralov Azamat Begnarovich
2013-yildan hozirgi vaqtgacha Sirdaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida faoliyat olib boradi.
2018-yildan buyon Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
2019-yilda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini yoqlagan, bugungi kunga qadar 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta monografiya 50 ga yaqin uslubiy hamda metodik tavsiyalar, shuningdek, 300 dan ortiq maqolalar muallifi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi, “Ilm-fan fidokori” xalqaro ko’krak nishoni sohibi.
Ivanova Tamara Nikolaevna
2013-2015 yy - Sirdaryo viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining tillar va pedagogika, psixologiya kafedrasi dosenti
2015-2016 yy - Sirdaryo viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti til va adabiyot ta'limi kafedrasi dosenti
2016-2018 yy - Sirdaryo viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti til va adabiyot ta'limi kafedrasi dosenti
2019 y -h.v.- Sirdaryo viloyat pedagogika markazi Tillarni oʻqitish metodikasi kafedrasi dosenti
Kafedra mudiri: Uralov Azamat Begnarovich
Telefon: +998 (99) 477-20-09
Электронная почта: azamaturalov06@gmail.com
Kafedrada o‘quv jarayonini tashkil etishda xalq ta’limi xodimlarining metodik ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida kafedra professor-o‘qituvchilari fan yo‘nalishlari hamda dars turi, shakllariga muvofiq rivojlantiruvchi, muammoli va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Amaliy mashg‘ulotlarda esa tinglovchilarni kichik guruhlarga, juftliklarga bo‘lib, interfaol usullardan samarali foydalanib, darslarni tashkil etib kelimoqda. Shu bilan birga, tinglovchilarning talab-ehtiyoji asosida kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS, o‘quv dastur-reja asosidagi dars ishlanmalari namunalari, innovatsion pedagogik texnologiyalar va usullar to‘g‘risida uslubiy tavsiya, ko‘rsatmalar elektron shaklda flesh-uzatuvchilariga muntazam ravishda yuklab berilmoqda.
Kafedrada xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish yuzasidan 4 ta malaka oshirish toifalarining modullar kesimida o‘quv dasturlari va o‘quv-metodik majmualar zamonaviy talablar asosida qaytadan takomillashtirildi.
Jumladan, dastur va o‘quv-metodik majmualarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’limga oid Farmonlari va qarorlari, XTVning buyruqlari (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ, “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” hamda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash” Davlat dasturida belgilangan vazifalar, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli, 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarorlari, XTVning 2017-yil 10-avgustdagi “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish va ilmiy-metodik xizmatni takomillashtirish to‘g‘risida”gi” 258-sonli buyrug‘i) kiritilib, ularning mazmun-mohiyati va amaliyotda joriy etilishi bilan bog‘liq ishlar tanishtirilib borilishi maqsad qilib olindi.
Shuningdek, modullar kesimida quyidagi mavzu va masalalar dasturga kiritildi:
- O‘quvchi bilimini baholashning tashkiliy jihatlari, o‘zaro baholash, o‘z-o‘zini baholash kabi baholashning innovasion usullari bo‘yicha ma’lumotlar;
- iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash;
- amaliy mashg‘ulotlarda o‘quv-ijodiy topshiriqlar va ko‘rgazmalar tayyorlashda ta’lim oluvchi tabiiy imkoniyati, qiziqishini inobatga olish, ularning ma’naviyati, intellektual salohiyati yuksalishiga samarali ta’sir ko‘rsata olish Intellekt ko‘pligi nazariyasi (G.Gardner)ga tayanish;
- sinfdan tashqari tashkil etiladigan o‘quv loyihalari texnologiyalari, tadqiqotchilik texnologiyalarining nazariy-ilmiy, amaliy ahamiyati;
- viloyatda faoliyat yuritayotgan tayanch “Mahorat maktablari” hamda ilg‘or tajribali o‘qituvchilarning ish uslublari bilan tanishish”;
- o‘zbek, rus , ingliz tillarini o‘qitishda differensial yondashuv;
- o‘quvchilarning intellektual-nutqiy madaniyatini shakllantirish;
- maktabda uslubiy birlashma faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish kabi masalalar.