Konferensiya
KONFERENSIYA - 03.11.2023-TOPLAM
Ushbu konferensiya toʻplamida Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga
oʻrgatish milliy markazi tomonidan tashkil etilgan ― “Ta’lim tizimini rivojlantirishning
zamonaviy tendensiyalari: ilg‘or tajribalar va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi
respublika ilmiy-amaliy anjumaniga kelib tushgan tezis va maqolalar oʻrin olgan. Mazkur
respublika ilmiy-amaliy anjumanda ta’lim tizimini rivojlantirishning zamonaviy
tendensiyalari asosida ilg‘or tajribalarining ilmiy nazariy asoslari, ta’im tizimini
rivojlantirishdagi metodik ta’minot va uning bosqichma-bosqich amalga oshirish
yo‘llari,ta’lim tizimini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari asosida hayotiy
kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan holatlar va vaziyatlar tahlili, ta’lim tizimini
rivojlantirishda STEAM texnologiyasining o‘rni, ta’lim tizimini rivojlantirishning innovatsion
texnologiyalar asosida takomillashtirish usullariga oid tajribalar boʻyicha toʻplangan
materiallar joy olgan. Ilmiy-amaliy konferensiya materiallaridan oliy taʼlim muassasalari
professor-oʻqituvchilari, umumtaʼlim maktab oʻqituvchilari, barcha tadqiqotchilar
foydalanishlari mumkin.