SirdaryoMOI

Conference

RESPUBLIKA KONFERENSIYA 15.05.2024 TO'PLAM

Ushbu konferensiya toʻplamida Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga
oʻrgatish milliy markazi tomonidan tashkil etilgan – “Ta’lim tashkilotlarida zamonaviy talablar
asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy
anjumaniga kelib tushgan tezis va maqolalar oʻrin olgan. Mazkur Respublika ilmiy-amaliy
anjumanda pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish, ularning malakasini oshirish, raqamli
texnologiyalarni qoʻllagan holda taʼlim samaradorligini oshirishga doir xalqaro va mahalliy ilmiy
tadqiqotlarni toʻplash, tajribalarni oʻrganish, aniqlash, ta’lim samaradorligini ta’minlashda life-
long learning – hayot davomida oʻqish tamoyilining oʻrni, oʻqitish sifatini baholashning xalqaro
standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda
samaradorligini oshirish, ta’lim bosqichlari uzviyligini ta’minlashda masofaviy ta’lim sifatini
tubdan oshirish va takomillashtirishga oid xorijiy tajribalar boʻyicha toʻplangan materiallar joy
olgan.