“Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi
Methodology of socio-economic sciences
Biybalayev Islombek Abdunazarovich
2013-yil Guliston Davlat Universitetini (kunduzgi) tamomlagan.
2023 yil Guliston Davlat Universitetida “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi” yo‘nalishi bo‘yicha Magistr darajasini olgan.
2023 yil 4-sentabrdan h.v. kafedra mudiri vazifasida ishlamoqda.
Begiyev Omonjon Xoliqulovich
1990 yil, Leninobod Davlat pedagogika institutini tarix, jamiyatshunoslik, tarbiyaviy ishlar bo’yicha metodist mutaxassisligi bo`yicha tugatgan.
1996 yil 16 oktabrdan to hozirgi vaqtgacha Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasida katta o`qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.
Kafedra mudiri: Biybalayev Islombek Abdunazarovich
Telefon: +998(94) 359-59-44
E-mail: islombekbiybalayev@gmail.com
Markazning “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi 1996 yilda tashkil etilgan. Uni turli davrlarda boshqarishga Nabiev Abdurahmon, Baratov Ibroxim, O‘roqov Boymirza, Karimova Ilmira, Qlichev Ulug‘beklar o‘z hissasini qo‘shganlar. Hozirgi kunda «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasini U. Qlichev boshqarmoqda. O‘tgan 26 yil davomida kafedra a’zolari fidokorona mehnat qilib, ijtimoiy-iqtisodiy fanlarining turli yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.
Professor-o‘qituvchilar kafedraning bosh ilmiy muammosi: “Ijtimoiy-iqtisodiy fan o‘qituvchilarining kasbiy malakalarini takomillashtirish” mavzusi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarmoqda. Jumladan, 2 ta doktorlik dissertatsiya ustida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedra mudiri dotsenti U.Qlichev “O‘zbekistonda milliy hunarmandchilikning rivojlanishi”, O.Begiyev “Uzluksiz ta’lim tizimida huquqiy ta’lim-tarbiyani yuksaltirish texnologiyasi” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Kafedraning professor-o‘qituvchilari viloyat va Respublika ommaviy axborot vositalari orqali pedagoglar, ota-onalar va jamoatchilik orasida ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy bilimlarni muntazam targ‘ibot qilib borishadi. Milliy va umuminsoniy tarbiya muammolari, buyuk allomalarning ma’naviy-ma’rifiy ta’limotlari hozirgi davr va sharoitga mos holda tahlil etiladi.
Kafedra 2022 yil quyidagi yo‘nalishlarda malaka oshirish kurslari kelishini rejalashtirgan:
- Tarix
- Davlat va huquq asoslari
- Tarbiya
- Iqtisodiy bilim asoslari
Professor-o‘qituvchilar davlat granti asosida Turkiya, Xitoy, Rossiya davlatlarida malaka oshirib, tajriba almashib qaytgan.