SirdaryoMOI

Ta’lim va amaliyot

➡️»Yangi Sirdaryo» gazetasi ta’lim va sport bo’lim mudiri Muhammadali Ahmad Sirdaryo viloyati Pedagogik mahorat markazida bo’lib «Muvaffaqiyatli islohotlar- yuqori natijalar» shiori ostida o’tayotgan seminar-trening ishtirokchilari bilan suhbatlashdi. ➡️Suhbatda trening davomida o’qitishda noodatiy yechim topish metodlari o’rgatilib, amaliy mashg’ulotlar olib borilayotgani haqida aytib o’tildi.

Ta’lim va amaliyot Читать дальше »

Metodik oromgoh

➡️Tadbirning ikkinchi kuni o‘qituvchilar o‘rtasida 15 ta fan kesimida qator mavzularda taqdimotlar namoyish etildi, mavzular yuzasidan amaliy topshiriqlar bajarildi, muhokamalar o’tkazildi. ➡️Respublika ismoniy tarbiya fani metodisti tomonidan turli sport musobaqalari o‘tkazildi va g‘oliblar taqdirlandilar.

Metodik oromgoh Читать дальше »

SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGIKA MARKAZIDA SARHISOB

➡️Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi olti oy davomida qanday natijalarga erishdi? ➡️Markazning bo’lim boshliqlari va kafedra mudirlari tomonidan infografika ko’rinishida bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlandi va taqdimot orqali sarhisob qilindi. ✅Istiqbol rejalar yuzasidan takliflar berildi. Oldinda ta’til, barcha ustozlarga ta’til maroqli oʻtishini, qalbingizni bir olam quvonchlarga toʻldirib yangi o’quv yiliga yangi rejalar bilan kelishingizni tilab qolamiz.

SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGIKA MARKAZIDA SARHISOB Читать дальше »

SEMINAR TRENING

➡️Sirdaryo viloyati pedagogika markazi Metodik xizmat ko’rsatish bo’limi jismoniy tarbiya metodisti Olimjon Turdiboyev, Tarbiya fani metodisti Nasiba Yunusmetova hamda biologiya fani metodisti Umida Bekmatovalar tomonidan «Harakatli o‘yinlar orqali dars samaradorligini oshirish yo‘llari» mavzusida ochiq havodagi seminar-trening mashg’uloti o’tkazildi.

SEMINAR TRENING Читать дальше »

TA’TILDA TA’LIM

➡️Maqsadli kurs mashg‘ulotlariga Toshkent shahar Pedagogika markazidan pfbfd (PhD), dotsent Buxolida Supiyeva tashrif buyurib, «Ommalashtirish uchun yaratiladigan metodik mahsulotlarni tayyorlash, rasmiylashtirish» mavzusida mahorat darsi o‘tdi. ➡️Innovatsion metod va texnologiyalarga boy mahorat darsi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi! ➡️Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari viloyat pedagoglari uchun dolzarb mavzularda maqsadli kurslar tashkil etish usullarini o‘rganmoqdalar🔜

TA’TILDA TA’LIM Читать дальше »

O’QUV-AMALIY SEMINAR

➡️Sirdaryo viloyati pedagogika markazi metodik xizmat ko’rsatish bo’limi amaliy fanlar metodistlari O’tkir Nortoshov, Dilshod Xudoynazarov, Olimjon Turdiboyevlar Yangiyer shahar 1-umumta’lim maktabi “Amaliy fanlar” sho‘basi bilan hamkorlikda “Yozgi ta’til kunlarida o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish” mavzusidagi ko‘rgazmali o‘quv-amaliy seminar tadbiri o’tkazdilar. ➡️Ushbu seminarda fan yoʻnalishlar boʻyicha o’qituvchilar faol ishtirok etishdi.

O’QUV-AMALIY SEMINAR Читать дальше »

O’QUV-AMALIY SEMINAR

➡️Sirdaryo viloyati pedagogika markazi metodik xizmat ko’rsatish bo’limi filologiya fanlari metodistlari D.Yoqubov, J.Mirzayev, Z.Xudoynazarovalar “RUS TILI FANINI O‘QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI VA SAMARALI YECHIMLARI” mavzusida viloyat seminari o’tkazdilar. ➡️Ushbu seminarda fan yoʻnalishlari boʻyicha tumanlardan kelgan o’qituvchilar faol ishtirok etishdi. ➡️ Ta’lim sifatini oshirishda amalga oshirilayotgan ishlar, oʻqitishning samarali shakl va usullarini joriy etishda pedagoglar kasbiy rivojlanishiga koʻmaklashish, xorijiy tillarni o’qitishda zamonaviy usullardan foydalanishga qaratilgan turli muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.

O’QUV-AMALIY SEMINAR Читать дальше »