💬Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan “Boshlang‘ich ta’lim tizimini takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. ✅Konferensiyada Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, soha mas’ullari, olimlar, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari hamda ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdi. ✏️Ushbu konferensiyadan ko’zlangan maqsad boshlang‘ich ta’limda amalga oshirilayotgan islohotlar, boshlang‘ich ta’limning sifat va samaradorligini ta’minlash, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy ta’limini tashkil qilish va takomillashtirish borasidagi ilg‘or milliy va xalqaro tajribalarni tahlil qilish, boshlang‘ich ta’limni tashkil etishga doir samarali yondashuvlarni aniqlash va ularni joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdir. Konferensiya o‘z ishini shoʻbalarda davom ettirdi.