«Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar»
Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida «Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar» mavzusida seminar-trening yakuniy dars mashg’ulotlari bo’lib o’tmoqda.
Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida «Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar» mavzusida seminar-trening yakuniy dars mashg’ulotlari bo’lib o’tmoqda.
➡️»Yangi Sirdaryo» gazetasi ta’lim va sport bo’lim mudiri Muhammadali Ahmad Sirdaryo viloyati Pedagogik mahorat markazida bo’lib «Muvaffaqiyatli islohotlar- yuqori natijalar» shiori ostida o’tayotgan seminar-trening ishtirokchilari bilan suhbatlashdi. ➡️Suhbatda trening davomida o’qitishda noodatiy yechim topish metodlari o’rgatilib, amaliy mashg’ulotlar olib borilayotgani haqida aytib o’tildi.
➡️Maqsadli kurs mashg‘ulotlariga Toshkent shahar Pedagogika markazidan pfbfd (PhD), dotsent Buxolida Supiyeva tashrif buyurib, «Ommalashtirish uchun yaratiladigan metodik mahsulotlarni tayyorlash, rasmiylashtirish» mavzusida mahorat darsi o‘tdi. ➡️Innovatsion metod va texnologiyalarga boy mahorat darsi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi! ➡️Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari viloyat pedagoglari uchun dolzarb mavzularda maqsadli kurslar tashkil etish usullarini o‘rganmoqdalar🔜
➡️Sirdaryo viloyati pedagogika markazida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari fransuz tili fani o‘qituvchilarining salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan malaka oshirish kurslarini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Ev@lang” platformasi orqali fransuz tili fani o‘qituvchilari test topshirdilar.
📕 Xalqaro talis 2024 tadqiqoti jarayonlari ➡️Sirdaryo viloyati Xovos tumani 5-umumtaʼlim maktabidan tanlab olingan direktor va o’qituvchilar xalqaro Talis tadqiqotida ishtirok etmoqdalar.
💬Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan “Boshlang‘ich ta’lim tizimini takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. ✅Konferensiyada Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, soha mas’ullari, olimlar, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari hamda ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdi. ✏️Ushbu konferensiyadan ko’zlangan maqsad boshlang‘ich ta’limda amalga oshirilayotgan islohotlar, boshlang‘ich ta’limning sifat va samaradorligini ta’minlash, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy ta’limini tashkil qilish va takomillashtirish borasidagi ilg‘or milliy va xalqaro tajribalarni tahlil qilish, boshlang‘ich ta’limni tashkil etishga doir samarali yondashuvlarni aniqlash va ularni joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdir. Konferensiya o‘z ishini shoʻbalarda davom ettirdi.
✉️ Bugun! 📚Sirdaryo viloyati Pedagogika markazi hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida yaratilgan yangi avlod darsliklarning mazmun mohiyati bilan tanishtirish, boshlang‘ich ta’limdagi yangiliklarni o‘z hududlaridagi hamkasblarga kaskad usulida yetkazish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda malaka oshirish kurslariga start berildi.
✅ #Ayni_damda⚡️Sirdaryo viloyati Pedagogika markazida “O’zbekiston Barkamollik uchun Ta’lim Dasturi” doirasida Informatika va AT fanidan ishlab chiqilgan o’quv-metodik qo’llanmalar bo’yicha seminar-treningning viloyat bosqichi o’z ishini boshladi.✅Seminarda viloyat Informatika va AT fani o’qituvchilari ishtirok etmoqda
➡️SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGLARNI YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY MARKAZI ➡️RESPUBLIKA ILMIY – AMALIY KONFERENSIYASI bo’lib o’tdi. 🎤Sirdaryo pedagogika markazi axborot xizmati