SirdaryoMOI

ПУТЕШЕСТВЕННЫЙ КУРС

⏰BOYOVUT TUMANI 1- UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABIDA SAYYOR KURS TASHKIL ETILDI ✔️Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi, viloyatning olis hududida joylashgan pedagoglar uchun sayyor malaka oshirish kursi tashkil etdi. ⚡️Sayyor kursda Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi katta o’qituvchisi B.Atayeva tomonidan Boshlangich ta’limni zamonaviy o‘qitish metodlari: interfaol metodlar, o‘quvchilarning kreativ va kritik fikrlashga yo‘naltirlgan ta’lim texnologiyalari mavzusida mahorat darsi bo’lib o’tdi.

ПУТЕШЕСТВЕННЫЙ КУРС Читать дальше »

Я УЧИТЕЛЬ (Г. Бердалиева)

MAZKUR LOYIHADA! Armon ✅Mening ilk ish kunim….✅Ustozlarga ustoz boʻlish mas’uliyati…✅Ish faoliyatimdagi qadrli insonlar…✅Fidoyilik nima…✅Ustoz orzusi…,✅ Ustozlik mashaqqati…✅Muallim hazili…✅Ilk kunimdagi kulguli holat…✅Mening ilk ish kunim…. kabi ruknlarda hayotiy lavhalar Bugungi qahramonimiz Berdaliyeva Gulasal AbduqunduzovnaPedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Я УЧИТЕЛЬ (Г. Бердалиева) Читать дальше »

Вчера в Национальном научно-исследовательском институте имени А.Авлони прошла встреча с представителями Всемирного банка

Mazkur uchrashuvda institut rektori Abduvali Ismailov Jahon Bankining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalari bo‘yicha Katta iqtisodchisi va hamkorlikdagi guruh rahbari Hiroshi Saeki bilan suhbat olib bordi. Uchrashuv davomida, asosan, ta’lim sohasini isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, shu jumladan, «Iqtisodiy o’sish uchun maktab ta’limini transformatsiya qilish» va «Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish» loyihalarini amalga oshirishdagi masalalar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, uchrashuvda mazkur loyihalarni tashkil etuvchi komponentlar, loyihalarning davomiylik muddati hamda iqtisodiy va moliyaviy tomonlari sarhisob qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar loyiha mazmunini chuqur tahlil qilib, ularning amalga oshirilishi bo‘yicha reja va takliflarni muhokama qildilar.

Вчера в Национальном научно-исследовательском институте имени А.Авлони прошла встреча с представителями Всемирного банка Читать дальше »

На тему современных тенденций развития системы образования: лучшие практики и перспективы развития (видео)

➡️SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGLARNI YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY MARKAZI ➡️RESPUBLIKA ILMIY – AMALIY KONFERENSIYASI bo’lib o’tdi. 🎤Sirdaryo pedagogika markazi axborot xizmati

На тему современных тенденций развития системы образования: лучшие практики и перспективы развития (видео) Читать дальше »

УПРАВЛЕНИЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ОРГАНИЗАЦИЕЙ: СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ

👩‍🏫Sirdaryo viloyati Pedagogika markazida umumtaʼlim maktab direktorlari uchun “ZO‘R!” (“KLASS!”) loyihasi doirasida seminar bo’lib o’tdi. A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti va A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti hamkorligida tashkil etilgan seminarda  rossiyalik tajribali mutaxassislar: universitetining professori Trapitsin Sergey Yurevich hamda dotsenti Agapova Yelena Nikolayevnalar  umumtaʼlim maktablari rahbarlari uchun “Taʼlim tashkilotini boshqarish: zamonaviy yondashuvlar” mavzusida tajriba almashdilar. Mazkur uchrashuvda Sirdaryo viloyatining 51 nafar maktab direktorlari ishtirok etdilar.✅ Qiziqarli tashkil etilgan seminarda rossiyalik tajribali mutaxassislar tomonidan direktorning mehnat vazifalari haqida tushunchalar berilib, guruhlarga bo ‘lingan holda amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi.✅Shuningdek, tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari B.Ismatov, MMTB boshlig’i o’rinbosari D. Isakovlar ishtirok etdilar. ➡️Sirdaryo viloyati hokimligi va Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. ➡️Ushbu memorandum doirasida  ilm-fan va kasbiy rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlikni uzviy davom ettirish, pedagogika markazida maktab direktorlari uchun boshqaruvda zamonaviy yondashuvlar bo’yicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish maqsad qilingan. ➡️Shuningdek, hamkorlik hujjati mazmuniga ko‘ra,  zamonaviy metodikalarga oid tajriba almashish, stajirovka, ilmiy-tadqiqot va taʼlimga oid loyihalarni amalga oshirish kabi masalalar nazarda tutilgan.

УПРАВЛЕНИЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ОРГАНИЗАЦИЕЙ: СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ Читать дальше »