SirdaryoMOI

admin

LEADERS OF PEDAGOGICAL CENTERS EXCHANGED MUTUAL OPINIONS

🏢Xabar berganimizdek, bugun Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Ilmli ayol – ta’lim taraqqiyotining poydevori” mavzusidagi o’tkazilgan Respublika Forumiga respublikamizning ilmli ayollari tashrif buyurishdi. ✅Forum ishtirokchisi Sirdaryo viloyati Pedagogika markazi direktori G.Berdialiyeva bilan Pedagogika markaz direktori, professor A.Ibragimovlar uchrashuvi bo’lib o’tdi. Unda oʻzaro hamkorlik doirasida istiqboldagi rejalarni belgilab olishdi. 🔶Zamonaviy texnologiyalar asosida oʻtilayotgan mashgʻulotlar, tinglovchilar bilan samimiy muloqot, oʻquv kurslari tashkil etishda oʻquv jarayoni, anʼanaviy malaka oshirish afzalliklari haqida suhbatlashdi. Bugun taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ham gapirib oʻtildi.

LEADERS OF PEDAGOGICAL CENTERS EXCHANGED MUTUAL OPINIONS Read More »

МЕТОДИЧЕСКИЙ ТИП

➡️2024-yil 27-fevral kuni Sirdaryo viloyati Pedagogika markazida Metodik xizmat ko’rsatish bo’limining metodistlari B.Rixsiboyev,M.Nazarova, K. Masharipov, J.Samadov, Z.Xudaynazarovalar tomonidan Mirzaobod tumani 1-umumta’lim maktabida «Metodik tur» tashkil qilindi. ➡️ Metodik tur doirasida «O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi, 32-sonli buyrug‘ bilan yaqindan tanishtirildi, dars tahlillari o’tkazildi.

МЕТОДИЧЕСКИЙ ТИП Read More »

Quiz question and answer game

UFQ 📌Sirdaryo viloyati pedagogika markazi Axborot-resurs markazi bo‘limi va 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamkorligida O‘zbek xalq yozuvchisi Said Ahmadning “Ufq” asari asosida “Viktorina-savol-javob” o’yini bo’lib o’tdi.📌Sh. Bozorov, ona tili adabiyot fani o’qituvchisi S. Ortiqboyeva, maktab kutubxonachisi M. O’roqovalar tomonidan tashkil etilgan viktorinada 9-sinf o`quvchilari bellashdi. 🏆G‘oliblar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Quiz question and answer game Read More »

PROMOTION ONLINE_WEBINAR

📉Sirdaryo viloyati pedagogika markazi ZOOM dasturi orqali onlayn vebinariga taklif etadi. 🖥Vebinar mavzusi:O‘QITUVCHILARNING ILG‘OR TAJRIBASI VA FAOLIYATI DAVOMIDA QO‘LLAB KELAYOTGAN ZAMONAVIY METODIKALARINI OMMALASHTIRISH TARTIBI ⏰O’tkazish vaqti: 26-fevral 2024-yil soat 14:00 📥Vebinarga kirish:👇 ZOOM (https://us06web.zoom.us/j/87953376629?pwd=L0VUd2tLYXFZR0QrejIyZEJZY3JGdz09)Login: 879 5337 6629Parol: 2024

PROMOTION ONLINE_WEBINAR Read More »

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE!

👩‍🏫 Sirdaryo viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazida“RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA FANLARARO INTEGRATSIYANI QOʻLLASHNING TA’LIM SAMARADORLIGIGA TA’SIRI: XALQARO TAJRIBALAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI ” mavzusida XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA o‘tkaziladi. Axborot xati (http://sirdaryomoi.uz/wp-content/uploads/2024/02/Axborot-xat_2024.pdf) 🖥Maqola mualliflariga eslatma: ✏️ Xalqaro bazalarda indekslanadi: 📢 Sizni mazkur konferensiyada o‘z maqolangiz bilan ishtirok etishga taklif etamiz! 🗓 O‘tkazish sanasi: 2024-yil 15-16-mart kunlari🕓Boshlanish vaqti: 10:00 ‼️ Maqolalar quyidagi elektron manzilda joriy yilning 5-martiga qadar qabul qilinadi: Konferensiya koordinatori: Orif To‘raboyev http://t.me/+998979039369 ✉️ e-mail:nizamovakmal0088@gmail.com📞 Tel: +998(97) 903-93-69, (90) 252-00-88 📍 Konferensiya o‘tkaziladigan manzil:Guliston shahar, Toshkent yo‘li ko‘chasi 112-uy; 📌Tashkiliy masalalar va to‘plamni chop etish xarajatlarini qoplash uchun maqolaga 100 000 (yuz ming) so‘m miqdorida badal puli oldindan to‘lanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE! Read More »

BABUR KING AND THE POET

✏️Sirdaryo viloyati Pedagogika markazida oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili va davlat arbobi📕 Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan «Bobur shoh va shoir» mavzusida adabiy kecha tashkil etildi. Bobur (taxallusi; toʻliq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo; 1483-yil14-fevral – 1530-yil26-dekabr) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shoh boʻlgan. Amir Temurning pannevarasi boʻlgan.[2] Bobur oʻz davrining buyuk shaxslaridan biri edi. Uning sheʼrlari,ruboiylari oʻz vaqtida va hozir ham sevib oʻqilmoqda. 6 ta xotini boʻlgan. Bibi Muboraka, Mohimbegim, Zaynab Sulton Begim, Oysha Sulton Begim, Maʼsuma Sulton Begim va Soliha Sulton Begim.

BABUR KING AND THE POET Read More »

KORRUPSIYASIZ SOHA

⚖️Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining korrupsiyagaqarshi kurashish boʻyicha siyosati yuzasidan «Korrupsiyasiz soha» mavzusida o’quv seminari tashkil etildi. ⚖️Pedagogika markazi yuristkonsulti Nodir Aliboyev yig’ilganlarni mazkur hujjatlar bilan tanishtirdi. 🎤Sirdaryo pedagogika markazi axborot xizmati

KORRUPSIYASIZ SOHA Read More »

Law "On the status of a teacher".

➖O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2024-eil 1-fevral kuni 21 moddadan iborat «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi Qonunni imzoladi. ➖Mazkur Qonun bilan Pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to‘lash, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi. ➖Hujjatda pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘lishi qat’iy belgilab qo‘yildi. 📉Sirdaryo viloyati pedagogika markazi ZOOM dasturi orqali PEDAGOGNING MAQOMI TOʻGʻRISIDAGI QONUN mazmun mohiyati asosida onlayn vebinar bo’lib o’tdi.

Law "On the status of a teacher". Read More »

Further improvement of continuous methodical service work in general education institutions

➡️Sirdaryo viloyati pedagogika markazi direktori v.b. G.Berdaliyeva hamda Metodik xizmat ko`rsatish bo’limi metodistlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 5-yanvardagi Umumta’lim muassasalarida uzluksiz metodik xizmat koʻrsatish ishlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi 8-sonli buyrugʻi asosida qabul qilingan: ➡️Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻqituvchilariga uzluksiz metodik xizmat koʻrsatish tartibi ➡️Umumiy oʻrta taʼlim maktabining Metodbirlashmalari toʻgʻrisidagi NIZOM ➡️Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi toʻgʻrisidagi NIZOM ➡️Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi metodistlarining malaka tavsiflari ➡️Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining Oʻquv metodik kengashi toʻgʻrisidagi NIZOM o’rganib chiqildi va istiqbol rejalar belgilandi.

Further improvement of continuous methodical service work in general education institutions Read More »