SirdaryoMOI

Yesterday, a meeting was held with representatives of the World Bank at the National Research Institute named after A. Avloni

Mazkur uchrashuvda institut rektori Abduvali Ismailov Jahon Bankining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalari bo‘yicha Katta iqtisodchisi va hamkorlikdagi guruh rahbari Hiroshi Saeki bilan suhbat olib bordi.

Uchrashuv davomida, asosan, ta’lim sohasini isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, shu jumladan, «Iqtisodiy o’sish uchun maktab ta’limini transformatsiya qilish» va «Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish» loyihalarini amalga oshirishdagi masalalar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, uchrashuvda mazkur loyihalarni tashkil etuvchi komponentlar, loyihalarning davomiylik muddati hamda iqtisodiy va moliyaviy tomonlari sarhisob qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar loyiha mazmunini chuqur tahlil qilib, ularning amalga oshirilishi bo‘yicha reja va takliflarni muhokama qildilar.