SirdaryoMOI

Metodik xizmat

📕»Metodik tur»doirasida Sirdaryo pedagogika markazi metodik xizmat ko’rsatish bo’limi metodistlari Mirzaobod tumanidagi olis hududa joylashgan 31-sonli umumta’lim maktabga tashrif buyurishdi. ➡️Metodistlar maktab oʻqituvchilari bilan mavjud muammolar va ularning yechimiga qaratilgan amaliy ishlar haqida suhbatlashdilar

Metodik xizmat Read More »

ONLAYN MAHORAT DARSI

📉Sirdaryo viloyati pedagogika markazi ZOOM dasturi orqali ta’limga oid dolzarb mavzuda onlayn mahorat darsi bo’lib o’tdi. 🖥»To’garak mashg’ulotlarida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish» mavzusida texnologiya fani o’qituvchilaridan amaliy mahorat darsi ko’rsatildi.

ONLAYN MAHORAT DARSI Read More »

Pedagoglarga malaka toifalarini berishning yangi tartibi belgilandi

✅ 2023-yil 29-dekabrda Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining «Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 692-son qarori tasdiqlandi. ➖ Unga ko‘ra: ➖2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi. Bunda: ➖malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi; ➖maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazishni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Pedagoglarga malaka toifalarini berishning yangi tartibi belgilandi Read More »

Sirdaryo viloyati pedagogika markazida yillik hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi

🖥Sirdaryo viloyati pedagogika markazidakengaytirilgan Ilmiy metodik kengashi yillik hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 🖥Kafedra mudirlari, boʻlim boshliqlarininginfografika asosida yil davomida bajarilgan ishlari yuzasidan batafsil hisobotlari eshitildi. 📉Yangi o’quv yili uchun istiqbol rejalar belgilab olindi.

Sirdaryo viloyati pedagogika markazida yillik hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi Read More »

Yaponiya Jica tashkiloti bilan hamkorlik kelishuvi   

🌐Sirdaryo pedagogika markaziga Yaponiyaning Jica tashkiloti koordinatori Ivata Shoichi tashrif buyurdi. 💬Ushbu uchrashuvda tomonlar asosiy masala sifatida JICA hamkorlik agentligi tashkiloti qo’llab-quvvatlovi ostida umumta’lim muassasalarida matematika fani o’qituvchilariga yangi metodikalar asosida o’qitish loyihasini, bosqichma-bosqich amalga oshirish muhokama etildi va o’zaro hamkorlikda qilinadigan ishlar kelishib olindi. 

Yaponiya Jica tashkiloti bilan hamkorlik kelishuvi    Read More »

Raqamli ta’lim muhitida umumta’lim maktablari o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish texnologiyasi

💬Raqamli ta’lim muhitida umumta’lim maktablari o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish texnologiyasi ➡️Xorijiy mamlakatlarda uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimi qanday?➡️Dunyoda uzluksiz kasbiy rivojlanish maqsadida yaratilgan qanday elektron platformalar mavjud?➡️Bugungi kunda raqamli taʼlim texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari qanday? kabi dolzarb savollargaBerdaliyeva Gulasal Abdukunduzovna o’z ma’ruzasida javob berdi. 💬Xabaringiz bor bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan“RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING JORIY ETILISHI:MUAMMOLAR, IZLANISHLAR VA YECHIMLAR”mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi.

Raqamli ta’lim muhitida umumta’lim maktablari o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish texnologiyasi Read More »