SirdaryoMOI

Hamkorlik

PEDAGOGIKA MARKAZIGA TASHRIF: OZARBAYJON

➡️Ozarbayjon Respublikasi (ELAVE TEHSIL MERKEZI) direktori Demirova Zarifaxonim Valad qizi Sirdaryo viloyati Pedagogika markaziga tashrif buyurdi. Markaz faoliyati bilan tanishib fikrlarini quyidagicha ifodaladi: bu markaz faoliyati bilan tanishib malaka oshirish tizimiga innovatsion yondashuv, kreativ loyihalar, xalqaro hamkorlik, pedagoglar uchun tashkil etilgan metodik tadbirlardan katta taassurot oldim. Markazga tashrifimdan O’zbekistondagi malaka oshirish tizimi haqidagi fikrim tubdan o’zgardi, o’rganadigan jihatlarimiz ko’p ekan. ➡️Tashrif yakunida ikki davlat malaka oshirish markazi o’rtasida o’zaro hamkorlik memorandumi imzolandi ilmiy pedagogik, tashkiliy ishlar boʻyicha istiqbol rejalari kelishib olindi.

PEDAGOGIKA MARKAZIGA TASHRIF: OZARBAYJON Read More »

Xalqaro hamkorlik

➡️Sirdaryo viloyati Pedagogika markazi, Xorazm viloyati Pedagogika markazi hamda Ozarbayjon davlati malaka oshirish markazi o’rtasida o’zaro hamkorlik memorandumi tuzildi. ➡️Markazlar direktorlari A.Ibragimov, G.Berdaliyeva, Y. Saidov va Zarifa Demirovalar tomonidan memorandum doirasida ilmiy pedagogik, tashkiliy ishlar boʻyicha istiqbol rejalari kelishib olindi.

Xalqaro hamkorlik Read More »

PEDAGOGIKA MARKAZLARI RAHBARLARI O’ZARO FIKR ALMASHISHDI

🏢Xabar berganimizdek, bugun Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Ilmli ayol – ta’lim taraqqiyotining poydevori” mavzusidagi o’tkazilgan Respublika Forumiga respublikamizning ilmli ayollari tashrif buyurishdi. ✅Forum ishtirokchisi Sirdaryo viloyati Pedagogika markazi direktori G.Berdialiyeva bilan Pedagogika markaz direktori, professor A.Ibragimovlar uchrashuvi bo’lib o’tdi. Unda oʻzaro hamkorlik doirasida istiqboldagi rejalarni belgilab olishdi. 🔶Zamonaviy texnologiyalar asosida oʻtilayotgan mashgʻulotlar, tinglovchilar bilan samimiy muloqot, oʻquv kurslari tashkil etishda oʻquv jarayoni, anʼanaviy malaka oshirish afzalliklari haqida suhbatlashdi. Bugun taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ham gapirib oʻtildi.

PEDAGOGIKA MARKAZLARI RAHBARLARI O’ZARO FIKR ALMASHISHDI Read More »

Yaponiya Jica tashkiloti bilan hamkorlik kelishuvi   

🌐Sirdaryo pedagogika markaziga Yaponiyaning Jica tashkiloti koordinatori Ivata Shoichi tashrif buyurdi. 💬Ushbu uchrashuvda tomonlar asosiy masala sifatida JICA hamkorlik agentligi tashkiloti qo’llab-quvvatlovi ostida umumta’lim muassasalarida matematika fani o’qituvchilariga yangi metodikalar asosida o’qitish loyihasini, bosqichma-bosqich amalga oshirish muhokama etildi va o’zaro hamkorlikda qilinadigan ishlar kelishib olindi. 

Yaponiya Jica tashkiloti bilan hamkorlik kelishuvi    Read More »

Kuni kecha A.Avloniy nomidagi milliy- tadqiqot institutida Jahon Banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Mazkur uchrashuvda institut rektori Abduvali Ismailov Jahon Bankining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalari bo‘yicha Katta iqtisodchisi va hamkorlikdagi guruh rahbari Hiroshi Saeki bilan suhbat olib bordi. Uchrashuv davomida, asosan, ta’lim sohasini isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, shu jumladan, «Iqtisodiy o’sish uchun maktab ta’limini transformatsiya qilish» va «Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish» loyihalarini amalga oshirishdagi masalalar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, uchrashuvda mazkur loyihalarni tashkil etuvchi komponentlar, loyihalarning davomiylik muddati hamda iqtisodiy va moliyaviy tomonlari sarhisob qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar loyiha mazmunini chuqur tahlil qilib, ularning amalga oshirilishi bo‘yicha reja va takliflarni muhokama qildilar.

Kuni kecha A.Avloniy nomidagi milliy- tadqiqot institutida Jahon Banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi Read More »

TAʼLIM TASHKILOTINI BOSHQARISH: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

👩‍🏫Sirdaryo viloyati Pedagogika markazida umumtaʼlim maktab direktorlari uchun “ZO‘R!” (“KLASS!”) loyihasi doirasida seminar bo’lib o’tdi. A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti va A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti hamkorligida tashkil etilgan seminarda  rossiyalik tajribali mutaxassislar: universitetining professori Trapitsin Sergey Yurevich hamda dotsenti Agapova Yelena Nikolayevnalar  umumtaʼlim maktablari rahbarlari uchun “Taʼlim tashkilotini boshqarish: zamonaviy yondashuvlar” mavzusida tajriba almashdilar. Mazkur uchrashuvda Sirdaryo viloyatining 51 nafar maktab direktorlari ishtirok etdilar.✅ Qiziqarli tashkil etilgan seminarda rossiyalik tajribali mutaxassislar tomonidan direktorning mehnat vazifalari haqida tushunchalar berilib, guruhlarga bo ‘lingan holda amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi.✅Shuningdek, tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari B.Ismatov, MMTB boshlig’i o’rinbosari D. Isakovlar ishtirok etdilar. ➡️Sirdaryo viloyati hokimligi va Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. ➡️Ushbu memorandum doirasida  ilm-fan va kasbiy rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlikni uzviy davom ettirish, pedagogika markazida maktab direktorlari uchun boshqaruvda zamonaviy yondashuvlar bo’yicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish maqsad qilingan. ➡️Shuningdek, hamkorlik hujjati mazmuniga ko‘ra,  zamonaviy metodikalarga oid tajriba almashish, stajirovka, ilmiy-tadqiqot va taʼlimga oid loyihalarni amalga oshirish kabi masalalar nazarda tutilgan.

TAʼLIM TASHKILOTINI BOSHQARISH: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR Read More »