SirdaryoMOI

Seminar

O’QUV-AMALIY SEMINAR

➡️Sirdaryo viloyati pedagogika markazi metodik xizmat ko’rsatish bo’limi amaliy fanlar metodistlari O’tkir Nortoshov, Dilshod Xudoynazarov, Olimjon Turdiboyevlar Yangiyer shahar 1-umumta’lim maktabi “Amaliy fanlar” sho‘basi bilan hamkorlikda “Yozgi ta’til kunlarida o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish” mavzusidagi ko‘rgazmali o‘quv-amaliy seminar tadbiri o’tkazdilar. ➡️Ushbu seminarda fan yoʻnalishlar boʻyicha o’qituvchilar faol ishtirok etishdi.

O’QUV-AMALIY SEMINAR Read More »

O’QUV-AMALIY SEMINAR

➡️Sirdaryo viloyati pedagogika markazi metodik xizmat ko’rsatish bo’limi filologiya fanlari metodistlari D.Yoqubov, J.Mirzayev, Z.Xudoynazarovalar “RUS TILI FANINI O‘QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI VA SAMARALI YECHIMLARI” mavzusida viloyat seminari o’tkazdilar. ➡️Ushbu seminarda fan yoʻnalishlari boʻyicha tumanlardan kelgan o’qituvchilar faol ishtirok etishdi. ➡️ Ta’lim sifatini oshirishda amalga oshirilayotgan ishlar, oʻqitishning samarali shakl va usullarini joriy etishda pedagoglar kasbiy rivojlanishiga koʻmaklashish, xorijiy tillarni o’qitishda zamonaviy usullardan foydalanishga qaratilgan turli muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.

O’QUV-AMALIY SEMINAR Read More »

Zerikarli dars muhitidan xalos bo’lish

➡️ Qiziqish – qancha ko’p qiziqsangiz sizda yangi narsalarni o’rganishga bo’lgan xohishingiz shunchalik ortib boradi. Darslarga yangicha yondashuv esa ularning samarasini oshiradi. ✅Zamonaviy va kreativ metodlar darsingizni yanada qiziqarli qiladi va barcha o’guvchilar darsda aktiv qatnashishadi. Bu kabi darslarda zerikish muammosi bo’lmaydi! ➡️ O’zbek tili fani metodisti Z. Xudoynazarovadan “So’z top” didaktik o’yini.

Zerikarli dars muhitidan xalos bo’lish Read More »

Mahorat ustaxonasi

#mahorat_ustaxonasi ✔️Darsni samarali tashkil etish har bir o’qituvchining o’z kasbi oldidagi eng muhim vazifasi hisoblanadi. Buning uchun albatta darsga kirishdan oldin siz bugungi mavzu doirasida puxta tayyorlangan va albatta bir nechta metodlar bilan qurollangan bo’lishingiz lozim.✔️Boshlang ‘ich ta`lim o’qituvchilari D. Hamitova, Z. Xo’janazarova, S. Sherboyeva, U. Subxanova, O. Mamatova,D. Tursunboyeva va M.Kulaxmetova rahbarligida 2-sinflarda Tabiiy fanlar bo’yicha ,,Kuz faslida nimalar bor”? mavzusida amaliy mashg’ulot o’tishdi.

Mahorat ustaxonasi Read More »

Hard skills M.Nazarova

#Hard_skills 📝Tillarni o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi M.Nazarova rahbarligida ingliz tili fani o’qituvchilari guruhida “Fanni zamonaviy o’qitish metodlari interfaol metodlar o‘quvchilarni kreativ va kritik fikrlashga yo‘naltirilgan ta‘lim texnologiyalari”mavzusida mahorat darsi bo’ldi. 🖥 Bolalarni yangiliklardan o‘yin shaklida xabardor etish,tadqiqotchilik va mustaqil fikrlashga o‘rgatish  yo’llari amaliy topshiriqlar orqali bajarildi. ✅Fasl va ob-havoni o’rgatishda interaktiv metodlarni qo’llash, yozish, eshitish, o’qish va og’zaki nutq ko’nikmalarini rivojlantirish,harakatli o’yinlar yordamida o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish tinglovchilar tomonidan mahorat bilan ko’rsatildi.

Hard skills M.Nazarova Read More »

Seminar-trening

Seminar – trening ✔️Sirdaryo viloyati pedagogika markazida “Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi B.Atayeva tomonidan “Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini kreativ fikrlashga oʻrgatish yoʻllari” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi. ✔️Trening “Mening ismim… va mening ijodiy qirram…” tanishuv mashqi bilan boshlandi. “Kreativ fikrlash” deganda nimani tushunasiz? savoliga guruhlardan javoblar olindi.  Rasmlar asosida ijodiy matn yaratildi, “Ketma-ket” metodidan foydalanildi. ✔️Tinglovchilarga mavzu asosida amaliy topshiriqlar berildi va  qizgʻin munozaralar oʻtkazildi.

Seminar-trening Read More »