SirdaryoMOI

Bizning yangiliklar

METODIK TUR

➡️2024-yil 27-fevral kuni Sirdaryo viloyati Pedagogika markazida Metodik xizmat ko’rsatish bo’limining metodistlari B.Rixsiboyev,M.Nazarova, K. Masharipov, J.Samadov, Z.Xudaynazarovalar tomonidan Mirzaobod tumani 1-umumta’lim maktabida «Metodik tur» tashkil qilindi. ➡️ Metodik tur doirasida «O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi, 32-sonli buyrug‘ bilan yaqindan tanishtirildi, dars tahlillari o’tkazildi.

METODIK TUR Read More »

Viktorina savol javob o’yini

UFQ 📌Sirdaryo viloyati pedagogika markazi Axborot-resurs markazi bo‘limi va 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamkorligida O‘zbek xalq yozuvchisi Said Ahmadning “Ufq” asari asosida “Viktorina-savol-javob” o’yini bo’lib o’tdi.📌Sh. Bozorov, ona tili adabiyot fani o’qituvchisi S. Ortiqboyeva, maktab kutubxonachisi M. O’roqovalar tomonidan tashkil etilgan viktorinada 9-sinf o`quvchilari bellashdi. 🏆G‘oliblar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Viktorina savol javob o’yini Read More »

XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA!

👩‍🏫 Sirdaryo viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazida“RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA FANLARARO INTEGRATSIYANI QOʻLLASHNING TA’LIM SAMARADORLIGIGA TA’SIRI: XALQARO TAJRIBALAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI ” mavzusida XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA o‘tkaziladi. Axborot xati (http://sirdaryomoi.uz/wp-content/uploads/2024/02/Axborot-xat_2024.pdf) 🖥Maqola mualliflariga eslatma: ✏️ Xalqaro bazalarda indekslanadi: 📢 Sizni mazkur konferensiyada o‘z maqolangiz bilan ishtirok etishga taklif etamiz! 🗓 O‘tkazish sanasi: 2024-yil 15-16-mart kunlari🕓Boshlanish vaqti: 10:00 ‼️ Maqolalar quyidagi elektron manzilda joriy yilning 5-martiga qadar qabul qilinadi: Konferensiya koordinatori: Orif To‘raboyev http://t.me/+998979039369 ✉️ e-mail:nizamovakmal0088@gmail.com📞 Tel: +998(97) 903-93-69, (90) 252-00-88 📍 Konferensiya o‘tkaziladigan manzil:Guliston shahar, Toshkent yo‘li ko‘chasi 112-uy; 📌Tashkiliy masalalar va to‘plamni chop etish xarajatlarini qoplash uchun maqolaga 100 000 (yuz ming) so‘m miqdorida badal puli oldindan to‘lanadi.

XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA! Read More »

BOBUR SHOH VA SHOIR

✏️Sirdaryo viloyati Pedagogika markazida oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili va davlat arbobi📕 Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan «Bobur shoh va shoir» mavzusida adabiy kecha tashkil etildi. Bobur (taxallusi; toʻliq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo; 1483-yil14-fevral – 1530-yil26-dekabr) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shoh boʻlgan. Amir Temurning pannevarasi boʻlgan.[2] Bobur oʻz davrining buyuk shaxslaridan biri edi. Uning sheʼrlari,ruboiylari oʻz vaqtida va hozir ham sevib oʻqilmoqda. 6 ta xotini boʻlgan. Bibi Muboraka, Mohimbegim, Zaynab Sulton Begim, Oysha Sulton Begim, Maʼsuma Sulton Begim va Soliha Sulton Begim.

BOBUR SHOH VA SHOIR Read More »

KORRUPSIYASIZ SOHA

⚖️Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining korrupsiyagaqarshi kurashish boʻyicha siyosati yuzasidan «Korrupsiyasiz soha» mavzusida o’quv seminari tashkil etildi. ⚖️Pedagogika markazi yuristkonsulti Nodir Aliboyev yig’ilganlarni mazkur hujjatlar bilan tanishtirdi. 🎤Sirdaryo pedagogika markazi axborot xizmati

KORRUPSIYASIZ SOHA Read More »

Sirdaryo viloyati pedagogika markazida yillik hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi

🖥Sirdaryo viloyati pedagogika markazidakengaytirilgan Ilmiy metodik kengashi yillik hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 🖥Kafedra mudirlari, boʻlim boshliqlarininginfografika asosida yil davomida bajarilgan ishlari yuzasidan batafsil hisobotlari eshitildi. 📉Yangi o’quv yili uchun istiqbol rejalar belgilab olindi.

Sirdaryo viloyati pedagogika markazida yillik hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi Read More »

MEN USTOZMAN… (N.Yunusmetova)

#yangi_loyiha MEN USTOZMAN… MAZKUR LOYIHADA! ✅Ish faoliyatimdagi qadrli insonlar…✅Armon…✅Muallim hazili…✅Fidoyilik nima…✅Ustozlarga ustoz boʻlish mas’uliyati…✅Ilk kunimdagi kulguli holat…✅Mening ilk ish kunim….✅Ustoz orzusi…, kabi ruknlarda hayotiy lavhalar Bugungi qahramonimiz Yunusmetova Nasiba Satimbekovna katta o’qituvchi.

MEN USTOZMAN… (N.Yunusmetova) Read More »

BABM TOʻGARAK RAHBARLARI MALAKA OSHIRISH KURSIDA KO’RGAZMA

⚡️BARKAMOL AVLOD BOLALAR MAKTABINING TOʻGARAK RAHBARLARI MALAKA OSHIRISH KURSIDA KO’RGAZMA ✔️Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazida, “O’quvchi yoshlarni kasb – hunarga yo’naltirishda to’garaklarning o’rni” mavzusida ko’rgazma tashkil etildi. Ko’rgazmada to’garak rahbarlari o’z qo’llari bilan tayyorlagan ishlari namoyish etildi.

BABM TOʻGARAK RAHBARLARI MALAKA OSHIRISH KURSIDA KO’RGAZMA Read More »

Yo‘l harakati xavfsizligi

🚔Ta’lim muassasalarida yo‘l harakati qoidalari targ‘ibotini kuchaytirish maqsadida Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida tadbir tashkil etildi.💀Yo‘l belgilari: ogohlantiruvchi, imtiyoz beruvchi va taqiqlovchi belgilar;🚫Yo‘llarda xavfsiz harakatlanish xulq-atvorini shakllantirishda amaliy va ko‘rgazmali usullardan foydalanish bo’yicha topshiriqlar bajarildi.

Yo‘l harakati xavfsizligi Read More »

SAYYOR KURS

⏰BOYOVUT TUMANI 1- UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABIDA SAYYOR KURS TASHKIL ETILDI ✔️Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi, viloyatning olis hududida joylashgan pedagoglar uchun sayyor malaka oshirish kursi tashkil etdi. ⚡️Sayyor kursda Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi katta o’qituvchisi B.Atayeva tomonidan Boshlangich ta’limni zamonaviy o‘qitish metodlari: interfaol metodlar, o‘quvchilarning kreativ va kritik fikrlashga yo‘naltirlgan ta’lim texnologiyalari mavzusida mahorat darsi bo’lib o’tdi.

SAYYOR KURS Read More »

Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi


Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi yangi veb sayti


This will close in 0 seconds