Pedagoglarga malaka toifalarini berishning yangi tartibi belgilandi
✅ 2023-yil 29-dekabrda Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining «Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 692-son qarori tasdiqlandi. ➖ Unga ko‘ra: ➖2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi. Bunda: ➖malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi; ➖maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazishni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Pedagoglarga malaka toifalarini berishning yangi tartibi belgilandi Read More »