Seminar – trening
✔️Sirdaryo viloyati pedagogika markazida “Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi B.Atayeva tomonidan “Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini kreativ fikrlashga oʻrgatish yoʻllari” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi.
✔️Trening “Mening ismim… va mening ijodiy qirram…” tanishuv mashqi bilan boshlandi. “Kreativ fikrlash” deganda nimani tushunasiz? savoliga guruhlardan javoblar olindi. Rasmlar asosida ijodiy matn yaratildi, “Ketma-ket” metodidan foydalanildi.
✔️Tinglovchilarga mavzu asosida amaliy topshiriqlar berildi va qizgʻin munozaralar oʻtkazildi.