SirdaryoMOI

TAʼLIM TASHKILOTINI BOSHQARISH: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

👩‍🏫Sirdaryo viloyati Pedagogika markazida umumtaʼlim maktab direktorlari uchun “ZO‘R!” (“KLASS!”) loyihasi doirasida seminar bo’lib o’tdi.

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti va A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti hamkorligida tashkil etilgan seminarda  rossiyalik tajribali mutaxassislar: universitetining professori Trapitsin Sergey Yurevich hamda dotsenti Agapova Yelena Nikolayevnalar  umumtaʼlim maktablari rahbarlari uchun “Taʼlim tashkilotini boshqarish: zamonaviy yondashuvlar” mavzusida tajriba almashdilar. Mazkur uchrashuvda Sirdaryo viloyatining 51 nafar maktab direktorlari ishtirok etdilar.
✅ Qiziqarli tashkil etilgan seminarda rossiyalik tajribali mutaxassislar tomonidan direktorning mehnat vazifalari haqida tushunchalar berilib, guruhlarga bo ‘lingan holda amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi.
✅Shuningdek, tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari B.Ismatov, MMTB boshlig’i o’rinbosari D. Isakovlar ishtirok etdilar.

➡️Sirdaryo viloyati hokimligi va Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

➡️Ushbu memorandum doirasida  ilm-fan va kasbiy rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlikni uzviy davom ettirish, pedagogika markazida maktab direktorlari uchun boshqaruvda zamonaviy yondashuvlar bo’yicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish maqsad qilingan.

➡️Shuningdek, hamkorlik hujjati mazmuniga ko‘ra,  zamonaviy metodikalarga oid tajriba almashish, stajirovka, ilmiy-tadqiqot va taʼlimga oid loyihalarni amalga oshirish kabi masalalar nazarda tutilgan.