➡️Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan Pedagoglarni kasbiy rivojlanishiga koʻmaklashish va metodik qoʻllab-quvvatlash uchun Metodik marafon (ZOOM platformasi) orqali oʻtkazilmoqda.
➡️Marafonning 1-kunida oʻquv-tarbiya jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo’llash, oʻqitishning samarali shakl va usullarini joriy etishda pedagoglar kasbiy rivojlanishiga koʻmaklashish, xalqaro baholash dasturlari tadqiqotlarining navbatdagi bosqichiga samarali tayyorgarlik koʻrishga qaratilgan turli muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.
➡️Sirdaryo viloyati pedagogika markazi metodik xizmat ko’rsatish bo’limi metodistlari, professor-o’qituvchilari fan yoʻnalishlar boʻyicha tumanlardan kelgan trener o’qituvchilar faol ishtirok etishdi, ilg’or tajribaga ega bo’lgan xalqaro hamda mahalliy ekspertlar, olimlar va amaliyotchi oʻqituvchilar tomonidan master-klasslar oʻtkazildi.