SirdaryoMOI

PEDAGOGIKA MARKAZIGA TASHRIF: OZARBAYJON

➡️Ozarbayjon Respublikasi (ELAVE TEHSIL MERKEZI) direktori Demirova Zarifaxonim Valad qizi Sirdaryo viloyati Pedagogika markaziga tashrif buyurdi. Markaz faoliyati bilan tanishib fikrlarini quyidagicha ifodaladi: bu markaz faoliyati bilan tanishib malaka oshirish tizimiga innovatsion yondashuv, kreativ loyihalar, xalqaro hamkorlik, pedagoglar uchun tashkil etilgan metodik tadbirlardan katta taassurot oldim. Markazga tashrifimdan O’zbekistondagi malaka oshirish tizimi haqidagi fikrim tubdan o’zgardi, o’rganadigan jihatlarimiz ko’p ekan.
➡️Tashrif yakunida ikki davlat malaka oshirish markazi o’rtasida o’zaro hamkorlik memorandumi imzolandi ilmiy pedagogik, tashkiliy ishlar boʻyicha istiqbol rejalari kelishib olindi.