SirdaryoMOI

PEDAGOGIKA MARKAZLARI RAHBARLARI O’ZARO FIKR ALMASHISHDI

🏢Xabar berganimizdek, bugun Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Ilmli ayol – ta’lim taraqqiyotining poydevori” mavzusidagi o’tkazilgan Respublika Forumiga respublikamizning ilmli ayollari tashrif buyurishdi.
✅Forum ishtirokchisi Sirdaryo viloyati Pedagogika markazi direktori G.Berdialiyeva bilan Pedagogika markaz direktori, professor A.Ibragimovlar uchrashuvi bo’lib o’tdi. Unda oʻzaro hamkorlik doirasida istiqboldagi rejalarni belgilab olishdi.
🔶Zamonaviy texnologiyalar asosida oʻtilayotgan mashgʻulotlar, tinglovchilar bilan samimiy muloqot, oʻquv kurslari tashkil etishda oʻquv jarayoni, anʼanaviy malaka oshirish afzalliklari haqida suhbatlashdi. Bugun taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ham gapirib oʻtildi.

Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi


Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi yangi veb sayti


This will close in 0 seconds