➖O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2024-eil 1-fevral kuni 21 moddadan iborat «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi Qonunni imzoladi.
➖Mazkur Qonun bilan Pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to‘lash, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi.
➖Hujjatda pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘lishi qat’iy belgilab qo‘yildi. 📉Sirdaryo viloyati pedagogika markazi ZOOM dasturi orqali PEDAGOGNING MAQOMI TOʻGʻRISIDAGI QONUN mazmun mohiyati asosida onlayn vebinar bo’lib o’tdi.