➡️Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazida tashkil etilgan metodik marafonda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi mutaxassislari, saralab olingan metodik resurslar mualliflari, pedagogika markazi oʻqituvchilari va tegishli fan metodistlar tomonidan mahorat darslar olib borildi.
🔣Marafondan maqsad — taʼlim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni, oʻqitishning samarali shakl va usullarini joriy etish, pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz oshirish va xalqaro baholash dasturlari tadqiqotlarining navbatdagi bosqichiga samarali tayyorgarlik koʻrishda koʻmaklashishdan iborat.