SirdaryoMOI

admin

PEDAGOGIKA MARKAZIGA TASHRIF: OZARBAYJON

➡️Ozarbayjon Respublikasi (ELAVE TEHSIL MERKEZI) direktori Demirova Zarifaxonim Valad qizi Sirdaryo viloyati Pedagogika markaziga tashrif buyurdi. Markaz faoliyati bilan tanishib fikrlarini quyidagicha ifodaladi: bu markaz faoliyati bilan tanishib malaka oshirish tizimiga innovatsion yondashuv, kreativ loyihalar, xalqaro hamkorlik, pedagoglar uchun tashkil etilgan metodik tadbirlardan katta taassurot oldim. Markazga tashrifimdan O’zbekistondagi malaka oshirish tizimi haqidagi fikrim tubdan o’zgardi, o’rganadigan jihatlarimiz ko’p ekan. ➡️Tashrif yakunida ikki davlat malaka oshirish markazi o’rtasida o’zaro hamkorlik memorandumi imzolandi ilmiy pedagogik, tashkiliy ishlar boʻyicha istiqbol rejalari kelishib olindi.

PEDAGOGIKA MARKAZIGA TASHRIF: OZARBAYJON Read More »

MALAKALI USTOZ-MILLAT KOʼZGUSI (Metodik marafon)

➡️Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazida tashkil etilgan metodik marafonda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi mutaxassislari, saralab olingan metodik resurslar mualliflari, pedagogika markazi oʻqituvchilari va tegishli fan metodistlar tomonidan mahorat darslar olib borildi. 🔣Marafondan maqsad — taʼlim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni, oʻqitishning samarali shakl va usullarini joriy etish, pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz oshirish va xalqaro baholash dasturlari tadqiqotlarining navbatdagi bosqichiga samarali tayyorgarlik koʻrishda koʻmaklashishdan iborat.

MALAKALI USTOZ-MILLAT KOʼZGUSI (Metodik marafon) Read More »

Fransuz tili test jarayoni

➡️Sirdaryo viloyati pedagogika markazida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari fransuz tili fani o‘qituvchilarining salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan malaka oshirish kurslarini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Ev@lang” platformasi orqali fransuz tili fani o‘qituvchilari test topshirdilar.

Fransuz tili test jarayoni Read More »

Xalqaro hamkorlik

➡️Sirdaryo viloyati Pedagogika markazi, Xorazm viloyati Pedagogika markazi hamda Ozarbayjon davlati malaka oshirish markazi o’rtasida o’zaro hamkorlik memorandumi tuzildi. ➡️Markazlar direktorlari A.Ibragimov, G.Berdaliyeva, Y. Saidov va Zarifa Demirovalar tomonidan memorandum doirasida ilmiy pedagogik, tashkiliy ishlar boʻyicha istiqbol rejalari kelishib olindi.

Xalqaro hamkorlik Read More »

IJODIY UCHRASHUV

➡️Sirdaryo viloyati pedagogika markazida O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlari uyushmasi a’zosi, «Adabiyot va zamon” gazetasining bosh muharriri, shoir va jurnalist Alisher Nur (Nurboyev) bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 📖Kechada adib o‘zining “Aprel”, “Muhabbat”, “ Anglash”, “Yurak”, “Ota duosi”, “Tabiatim» she’rlarini o’qib, tinglovchilarga  ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. 📖“Sardoba sadosi” dostoni tinglovchilar tomonidan o‘qib o‘rganildi. 📕 Shuningdek adib va jurnalist Alisher Nur faoliyati haqida ham gapirib, ishtirokchilarning savollariga javob berdi.

IJODIY UCHRASHUV Read More »

METODIK MARAFON

➡️Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan Pedagoglarni kasbiy rivojlanishiga koʻmaklashish va metodik qoʻllab-quvvatlash uchun Metodik marafon (ZOOM platformasi) orqali oʻtkazilmoqda. ➡️Marafonning 1-kunida oʻquv-tarbiya jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo’llash, oʻqitishning samarali shakl va usullarini joriy etishda pedagoglar kasbiy rivojlanishiga koʻmaklashish, xalqaro baholash dasturlari tadqiqotlarining navbatdagi bosqichiga samarali tayyorgarlik koʻrishga qaratilgan turli muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi. ➡️Sirdaryo viloyati pedagogika markazi metodik xizmat ko’rsatish bo’limi metodistlari, professor-o’qituvchilari fan yoʻnalishlar boʻyicha tumanlardan kelgan trener o’qituvchilar faol ishtirok etishdi, ilg’or tajribaga ega bo’lgan xalqaro hamda mahalliy ekspertlar, olimlar va amaliyotchi oʻqituvchilar tomonidan master-klasslar oʻtkazildi.

METODIK MARAFON Read More »

Zerikarli dars muhitidan xalos bo’lish

➡️ Qiziqish – qancha ko’p qiziqsangiz sizda yangi narsalarni o’rganishga bo’lgan xohishingiz shunchalik ortib boradi. Darslarga yangicha yondashuv esa ularning samarasini oshiradi. ✅Zamonaviy va kreativ metodlar darsingizni yanada qiziqarli qiladi va barcha o’guvchilar darsda aktiv qatnashishadi. Bu kabi darslarda zerikish muammosi bo’lmaydi! ➡️ O’zbek tili fani metodisti Z. Xudoynazarovadan “So’z top” didaktik o’yini.

Zerikarli dars muhitidan xalos bo’lish Read More »